FIFA prezidentligi uchun uch nafar nomzod rasman ro'yxatga olindi. Infantinoga Fransiya va Yaponiya vakillari raqobat qiladi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2026, 16:00
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2027 yil 18 mart kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida bo'lib o'tadigan 77-Kongress doirasidagi prezidentlik saylovlari uchun rasmiy nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

FIFA Bosh kotibiyatiga a'zo assotsiatsiyalar tomonidan jami uch nafar nomzod taklif etildi (familiyalar alifbo tartibida berilgan):

  • Filipp Diallo (Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti)

  • Janni Infantino (FIFAning amaldagi prezidenti)

  • Kozo Tashima (Yaponiya futbol assotsiatsiyasi faxriy prezidenti va FIFA Kengashi a'zosi)

FIFA boshqaruv reglamentiga muvofiq, nomzodlarning hujjatlari tekshiruvdan o'tkazish va saylovga qo'yish bo'yicha qaror qabul qilish uchun Saylov qo'mitasiga yuborildi. Tasdiqlangan nomzodlarning yakuniy ro'yxati 2027 yil 18 fevraldan kechiktirmay a'zo assotsiatsiyalarga ma'lum qilinadi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA