"Manchester Yunayted" yangi darvozaboni bilan kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
31 avg 2025
"Manchester Yunayted"ning Emiliano Martines transferi borasidagi ishlari faol davom etmoqda.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar "Aston Villa" bilan bog'langan va og'zaki kelishuvga erishgan.

Agarda "Antverpen" posboni Senne Lammensning transferi amalga oshmaydigan bo'lsagina, "Yunayted" Emilianoga taklif bilan chiqishi aytilgandi.

Romanoning yozishicha muzokaralar yakuniy bosqichga kelib qolgan va katta ehtimol bilan Martines tanaffusdan keyin MYU darvozasini qo'riqlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano