"Lokomotiv" o'rtoqlik o'yinida "Qizilqum" ustidan yirik g'alabaga erishdi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2026, 21:42
FIFA kunlari doirasida gi tanaffusda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" klubi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik va ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

45–daqiqada Sardor Mirzaev Jasur Yaxshiboevning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. 58–daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov raqib darvozasini ishg'ol etib, mezbonlarning ustunligini mustahkamladi. Bahsning 80–daqiqasida Abdulloh Yo'ldoshev uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Bundan tashqari, 77–daqiqada Suhrob Nurulloev penaltidan unumli foydalana olmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати