Manchester Yunayted muxlislari uchun noxush xabar. Jamoaning bir yo'lla ikki nafar futbolchisi jarohat oldi

Khoja
3 apr 2024
Manchester Yunayted himoyachilari Viktor Lindelyof va Lisandro Martines jarohati sabab bir oy maydonga tusha olmaydi.

Brentfordga qarshi uchrashuvda Viktor jarohat olib maydoni tark etgandi. Uning o'rniga maydonga tushgan Martines o'yini tugatib qo'yishga erishgan. Biroq keyin qilingan tekshiruvlardan so'ng Lisandro Martinesning ham jarohati jiddiyroq bo'lib chiqqan.

Shu tariqa, futbolchilar jamoalarining Chelsi va Liverpulga qarshi APL uchrashuvlarida va Kubokdan o'rin olgan Koventri jamoasiga qarshi bahsda yordam bera olmaydi.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru