

Avvalroq oktyabr oyida "Xetafe" Sanchoga mavsum oxiriga qadar qiymati 400 000 evroni (yoki haftasiga taxminan 10 000 funt sterlingni) tashkil etuvchi shartnoma taklif qilgani ma'lum bo'lgan edi.
Biroq Sancho kamida 3 million evro (2,5 million funt) sof maosh olishni umid qilgan, shuning uchun 26 yoshli angliyalik futbolchi "Xetafe"ga klubga o'tmasligini ma'lum qilgan.
Shu bilan birgalikda, Sancho Chempionship vakili "Vest Xem"ga taklif qilingani haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo Marca nashrining tasdiqlashicha, Djeydon katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoniga yo'l oladi.
Sanchoning qo'lida allaqachon nomi oshkor etilmayotgan saudiyalik klubning moliyaviy jihatdan uni qoniqtiradigan taklifi mavjud.



