Rasman: "Paxtakor" futbolchisi Quvayt jamoasiga o'tdi

19 iyul 2026, 21:14
Shahzod Azmiddinov faoliyatini Quvayt chempionatida davom ettiradi.

Quvaytning “Al-Salmiya” klubi himoyachining transferini e'lon qildi.

photo_2026-07-19_21-09-00.jpg

Azmiddinov mavsumning birinchi qismini “Paxtakor” tarkibida o'tkazdi va Superliganing 3 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi. O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi barcha 3 uchrashuvda ham ishtirok etdi.

“Al-Salmiya” ayni damda Quvayt chempionatida 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: instagram.com/alsalmiyaclub