

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar hanuz davom etmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning takidlashicha, "shaharliklar" 23 yoshli xavbek borasida dastlabki taklifni yuborishgan, ammo "Nottingem" kelishuv shartlarini qabul qilmagan. Shu bilan birga, "shaharliklar" Andersonni yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rib, transfer ustida ishlashni davom ettirishi kutilmoqda.
O'yinchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda, bu esa uni qo'lga kiritish uchun raqobatni yanada kuchaytirishi mumkin. "Forest" esa ehtimoliy sotuvdan maksimal darajada foydali shartlarga erishishni ko'zlamoqda.
Joriy mavsumda Anderson Premer-ligada 38 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va jamoaning markaziy chizig'idagi asosiy figuralardan biri hisoblanadi.



