

Uchrashuv Niderlandiyaning Rottyerdam shahridagi "Feyenoord" stadionida bo'lib o'tdi.
Niderlandiya - Jazoir 0:1
Gol: Anis Mussa 86.
Bahsdagi yagona golni 86-daqiqada Jazoir yarim himoyachisi Anis Xadj Mussa kiritdi.
Har ikkala terma jamoa ham AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Niderlandiya JCH-2026 guruh bosqichida F guruhidan joy olgan bo'lib, Yaponiya, Shvetsiya va Tunis bilan kuch sinashadi.
Jazoir esa J guruhida Argentina, Iordaniya va Avstriya bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar bo'lib o'tadi va unda jami 48 ta terma jamoa qatnashadi.



