

79 yoshli funkcionerning saylov shtabi "X" ijtimoiy tarmog'ida maxsus videolavha e'lon qildi.
Videoda portugaliyalik mutaxassis "Real" formasida ko'rinish berib, "Ha!" deb javob bergan hamda Peres uchun ovoz berishga chaqirgan.
"Real" prezidenti saylovlari 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Ikkinchi nomzod sifatida tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu "Real"da 2010–2013 yillar davomida faoliyat yuritgan va ushbu davrda jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchgan. O'tgan mavsumda esa madridliklar birorta ham sovrin yuta olmadi.



