

"Agar saylovda g'alaba qozonsam, "Real"ga superyulduz darajasidagi murabbiyni olib kelaman. Siz tasavvur qila oladigan eng buyuk murabbiyni.
Joze Mourinyu - bizning murabbiy emas. Biz "Real"ning barcha muxlislari haqiqatdan ham istayotgan insonni olib kelamiz", - degan Rikelmening so'zlarini keltirdi jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid"ning amaldagi prezidenti Florentino Peres agar bo'lajak saylovlarda g'alaba qozonsa, bosh murabbiylik lavozimiga Joze Mourinyuni tayinlashini ma'lum qilgan edi.



