Manchester Siti ispaniyalik futbolchiga 200 million funt to'lashga tayyor

Khoja
21 apr 2025, 09:50
Manchester Siti yozda katta transferlarga qo'l uradi.

Shaharliklar Barselona yarim himoyachisi Pedrini sotib olmoqchi. Yarim himoyachi uchun 200 million funt to'lashga tayyor. Shuningdek, ushbu transfer amalga oshsa, Pedri APLning eng ko'p maosh oladigan yarim himoyachisiga aylanadi.

22 yoshli futbolchining Barselona bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi, uning hisobida 5 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com