"Malaga" murabbiyi: "Real" futbolchilariga shunchaki nafas chiqarib qo'ysangiz ham, qo'pollik belgilanaveradi"

31 avg 2026, 08:30
"Malaga" bosh murabbiyi Xuan Funes Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan Madridning "Real" klubiga qarshi o'yindan (0:4) so'ng hakamlik haqida o'z fikrini bildirdi.

"Men hakamlikka e'tibor qaratmoqchi emasman, chunki "Real" bizdan bir bosh baland edi… Biroq shunday taassurot uyg'onmoqdaki, "Real" futbolchilariga shunchaki nafas chiqarib qo'ysangiz ham, darhol qo'pollik belgilanaveradi, biz esa hakamlar qo'pollikmizni tan olishi uchun to'g'ri manoda qon yig'lashimizga to'g'ri kelmoqda", - deydi Funesning so'zlarini "Defensa Central" nashri.

"Raqib safida jahon darajasidagi futbolchilar yig'ilgan. Safardagi ushbu ikki o'yinda ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqmadim, ammo bizni yanada kuchli qiladigan bir narsa bor - biz o'sishda davom etamiz. Bunday qiyin sharoitda xotirjamlikka berilish g'alati bo'lar edi", - deya qo'shimcha qildi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Manba: Defensa Central