Enrike "Oltin to'p" marosimini kuzatib bormaydi: "Bu meni qiziqtirmaydi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 00:04
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bo'lajak "Oltin to'p" topshirish marosimi haqida fikr bildirdi.

Tadbir 26 oktyabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Fransiyadagi tartibsizliklar fonida PSJ - "Lion" uchrashuvi yakshanbadan aynan shu kunga ko'chirilgan edi.

- Londondagi marosimni kuzatib borasizmi?

- Yo'q, bu meni qiziqtirmaydi. Bor e'tiborimni dushanba kunga qaratganman. Agar hozirgi vaziyatda bu eng yaxshi qaror bo'lsa, men uni qabul qilaman.

Yakshanba - o'zgacha kun, chunki bu kuni [Parijda] Amerika futboli bo'yicha o'yin bo'lib o'tadi, qolaversa, hozirgi vaziyatni ham hisobga olish kerak. Biz tayyor turishimiz lozim. Dushanba kuni o'ynash borasida menda hech qanday muammo yo'q. Jamoa sifatida o'zimizning kim ekanligimizni ko'rsatib ulgurdik.

Safimizda "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lgan o'yinchilar talaygina. Ammo sovrin kimga nasib etishini vaqt ko'rsatadi. Bu bizning jamoaviy maqsadlarimizni hech qanday tarzda o'zgartirmaydi, - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport