

Jamoaga yordam berish yo'lida qilgan mehnatimdan faxrlanaman; bu mening orzum edi. Xursandman va baxtiyorman. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, bosqichma-bosqich kuchayib bordik. Ikkinchi bo'limda tempni biroz tushirdik, ammo bu normal holat. Bundan buyon o'sishda davom etamiz, xatolarimizni to'g'rilaymiz va albatta tiklanib olamiz.
Murabbiy bilan gaplashganimda, u mendan himoyaga ham yordam berishimni so'ragandi. Buning hech qanday muammosi yo'qligini aytdim. Biz bir jamoamiz va barchamiz birdek mehnat qilsak, yakka tartibdagi harakatlarimizdan-da yaxshiroq chiqadi. Xaminton va Kucho ajoyib gollar urishdi va bu bizning qanday oila ekanligimizni ko'rsatadi. Maydonga Xames bilan chiqayotganimda, u menga: "Bundan zavq ol", – dedi. Uning ko'ziga yosh kelgandi. Bu bolalikdagi orzuni boshdan kechirish edi va buning ro'yobga chiqqani ulkan baxtdir. Kolumbiyalik ekanim va o'z Vatanim uchun kurashayotganimdan faxrlanaman", dedi 29 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" vingeri O'zbekistonga qarshi o'yin bitta gol va golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.



