Kolumbiya terma jamoasi yulduzi: "Biz JCHni intiqlik bilan kutmoqdamiz"

Khoja
21 dek 2025, 10:21
"Bavariya" va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Luis Dias bo'lajak mundial haqida fikr bildirdi.

"Barchamiz Jahon chempionatini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Nestor Lorenzo qo'l ostida saralash bosqichida ajoyib o'yinlarni o'tkazdiki. Bizda juda yaxshi o'yinlar, ko'tarilishlar va pasayishlar bo'ldi. Endi biz umumiy maqsad sari intilayotgan baxtli, xotirjam va birlashgan jamoamiz va bu menga yoqmoqda. Muxlislarimiz ham shunday ruhga ega ekanliklarini ko'rmoqdaman", - deb fikr bildirdi Dias.


KhojaMuallif
Manba: skysport