Luis de la Fuente Ispaniya JCH-2026 finalida Messini qanday to'xtatmoqchi ekanligini aytdi

18 iyul 2026, 09:25
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini qanday jilovlash haqidagi savolga javob berdi.

Bu jarayonda 65 yoshli mutaxassis yosh Messiga qarshi qanday taktika qo'llagani bilan bog'liq voqeani yodga oldi.

"Men Messini "Sevilya"ning yoshlar jamoasini boshqarib yurgan kezlarimda uchratganman. O'shanda u juda yosh edi.

Boshida biz unga qarshi personal yaqindan himoya qo'llashga harakat qildik. 70-daqiqagacha hisob 0:0 edi. Keyin men Messini qo'riqlayotgan futbolchini zaxiraga oldim. Bir necha daqiqa o'tgach, Lionel darvozamizga to'rtta gol urdi va biz yutqazdik.

Jahon chempionati finalida jamoamiz Messiga qarshi personal qo'riqchi qo'yishni rejalashtirayotgani yo'q. Ularning o'yinchilari ham bizning futbolchilarimizni diqqat bilan kuzatib borishadi", - dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Messi jahon chempionatining ettita uchrashuvida 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com