Ispaniya bosh murabbiyi de la Fuente jamoasining JCH-2026 finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi

15 iyul 2026, 09:00
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente o'z jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati finaliga yo'l olgani haqida gapirdi.

Yarim finalda ispanlar Fransiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishdi.

"Bu tuyg'uni so'z bilan ifodalash juda qiyin, ammo bu haqiqiy quvonchdir. Ushbu futbolchilar guruhi shunchaki ajoyib. Biz shu ruhda davom etishni va bundan ham yaxshiroq natijalarga erishishni istaymiz. Oldinda atigi bir qadam qoldi, qo'yilgan maqsadga erishishga harakat qilamiz. Hissiy jihatdan juda katta bosim to'planib qolgandi. Jahon chempionati finaliga chiqish - bu ham mas'uliyat, ham katta sharaf. Sodir bo'layotgan voqealarni anglab yetish, bundan to'rt yil avval bizni bu erga olib kelgan g'oya asosida boshlagan yo'limizni sarhisob qilish lozim.

Kiyinish xonasida yigitlarga dunyoning eng yaxshi terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishimizni aytgandim, ammo ular ham dunyoning eng zo'r terma jamoasi bilan to'qnash kelishayotgan edi. Biz yagona bir butunmiz - o'z fidoiyligi va iqtidori tufayli ushbu muvaffaqiyatga munosib bo'lgan jamoamiz. Buni kuzatish - haqiqiy zavq. Ular qiyin narsalarni juda oddiy qilib ko'rsatishadi. Ular bilan faxrlanaman va juda baxtliman", - deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi "L'Équipe".

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe