

Kartochkani bekor qilish qarori FIFA intizom qo'mitasi tomonidan qabul qilingan edi. OAVda Tramp Balogunning chetlatilishini qayta ko'rib chiqish maqsadida FIFA rahbari Janni Infantinoga shaxsan qo'ng'iroq qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Jahon chempionatidagi eng unutilmas lahzami? Ehtimol, eng unutilmasi Balogunga qizil kartochka berilgan vaziyat bo'ldi. Men Janni Infantinoga qo'ng'iroq qilishga va shunchaki maslahat berishga majbur bo'ldim. Men unga: "Qani, uni maydonga qaytar!" deb aytganim yo'q. Shunchaki etirozimni bildirdim va keyin nima bo'lishini bilmasdim. Ammo hammasi ijobiy hal bo'ldi, chunki hech qanday kelishmovchiliklar kelib chiqmadi. Infantinoga yuzlanib cen yana bir bor ajoyib qaror qabul qilding, garchi buning uchun seni hech kim hech qachon maqtamasa ham", - dedi Tramp "Fox News" efirida.



