

2025 yilning yozida "Qizil furiya" Millatlar Ligasi yarim finalida "uchranglar"ni 5:4 hisobida mag'lub etgan edi.
- Hozirgi Fransiya terma jamoasi 2025 yilgi jamoadan farq qiladimi?
"Bu jamoa ancha yaxshiroq, futbolchilar o'sishga erishmoqda. Ularning sifatlari yaxshilanmoqda. Mbappe ham, Dembele ham kuchaygan. Barchamiz kuchaydik, lekin har bir futbolchi individual tarzda o'z o'yinini yaxshiladi."
- Millatlar Ligasidagi 5:4 hisobida yakunlangan o'yindan qanday saboq oldingiz?
"Bular butunlay boshqacha o'yinlar. Biz ushbu uchrashuvdan ko'p narsani o'rgandik, raqib ham xulosa chiqardi. Biz vaziyatni o'z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz, masalan, o'sha o'yinning oxirgi 15 daqiqasida hisob 5:1 dan 5:4 ga o'zgarib ketgani kabi holatlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Bizda turli uslublar mavjud. Ko'ramiz, kim o'z uslubini singdira olarkin. Jamoamiz Fransiyaning tezkor qarshi hujumlariga qarshi juda ehtiyotkor bo'lishi lozim, ular bu borada juda xavfli", - deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi "AS".



