De la Fuente Deshamning hakamga nisbatan etirozlari haqida: "Natija o'zingizga yoqmaganda, bahona qidirishni boshlaysiz"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 18:45
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Dide Deshamning hakamlik ishiga nisbatan bildirgan tanqidlariga javob qaytardi.

Ispaniya Fransiya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionati finaliga chiqdi. Ispanlar birinchi golni 22-daqiqada salvadorlik hakam Ivan Barton belgilagan penaltidan so'ng urishdi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Desham o'n bir metrlik jarima zarbasi haqida shunday dedi: "Bu bahsli vaziyat, buni unutmaslik kerak, ular esa tizimli ravishda qoidalarni buzishmoqda. Mayda qoidabuzarliklar ko'p bo'ldi, o'yin doimiy ravishda to'xtatildi". Shuningdek, Desham Bartonning saviyasi o'yin darajasiga mos kelganmi, degan savolni o'rtaga tashladi.

"Natija sizning foydangizga hal bo'lmasa, bahonalar izlashni boshlaysiz. Ispaniyada ham hakamlik bilan bog'liq muammolar bo'lgan: Fransiya bilan o'yin bazida Urugvay bilan kechgan o'yinni eslatdi. Biz allaqachon bu kabi holatlarga duch kelganmiz. Bundan tashqari, bizning golimizni [Yamalning goli] bekor qilishdi. Men bu masalani muhokama qilishda davom etadigan holatda emasman", – dedi de la Fuente.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As