

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo Pirloni milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
Shuningdek, Pep Gvardiola, Antonio Konte yoki Roberto Manchinini tayinlash imkoniyati ham o'rganilmoqda – federatsiyaning yangi rahbariyati hafta oxirigacha tanlov borasida qarorga kelishi, shundan so'ng FIGC prezidenti Jovanni Malago muzokaralar o'tkazish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.
2025 yilning yozidan beri Pirlo BAA ikkinchi divizionidagi Dubay Yunayted jamoasini boshqarib kelmoqda. Avvalroq 47 yoshli mutaxassis Yuventus, Fotih Karagyumruk va Sampdoriya jamoalarini boshqargan.


