

Jahon chempionatining 1/8 finalida Argentina Misrni 3:2 hisobida mag'lub etdi, 79-daqiqaga qadar 0:2 hisobida yutqazayotgandi. Messi gol urdi va Kristian Romeroga golli uzatma berdi.
"Bu jahon chempionatida Ronaldu va Messi o'rtasidagi kontrast eng ko'p Misrga qarshi o'yinda sezildi. Argentina 0:2 hisobida yutqazayotganida, Messi o'yinni to'liq o'z nazoratiga oldi. U to'pni talab qildi, qo'lidan kelgan barcha narsani yaratdi, u ruhiy ko'tarinkilikda edi va nima uchun aynan u tarixdagi eng buyuk futbolchi ekanini ko'rsatdi.
Meni 75 yoki 80-daqiqalardan so'ng u shunchaki o'yinga qo'shilgani va: "Xo'sh, endi Messining vaqti keldi", deb qaror qilgani hayratda qoldirdi. Uning qilayotgan ishlari shunchaki aqlbovar qilmas.
Odamlar uni piyoda yurgani, bo'layotgan voqealarni kuzatgani va penaltini golga aylantira olmagani uchun tanqid qilishlari mumkin, lekin u jamoaga eng kerak bo'lgan paytda o'zini ko'rsatdi", – dedi Riise BestBettingSites nashriga bergan intervyusida.



