

AS nashri xabariga ko'ra, londonliklar futbolchining narxini 70 million evro etib belgilagan. Futbolchining o'zi ham o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun klubini o'zgartirish niyatida.
Manbaning xabar berishicha, "Chelsi" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda - "ko'klar" bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini "Real Sosedad" tizimidagi birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi biladi.
“El Nacional” ma'lumotlariga ko'ra, Subimendi oktyabr oyidayoq yanvardagi transferga rozilik bergan. Yarim himoyachini Madridning har ikki klubi - "Real" va "Atletiko" ham kuzatib bormoqda.
27 yoshli Subimendi joriy mavsum APLning ettita o'yinida 100 daqiqa, Liga Kubogining ikkita bahsida 167 daqiqa, Chempionlar Ligasining ikkita uchrashuvida 98 daqiqa va Angliya Superkubogi o'yinida 15 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqt ichida Subimendi atigi 1 ta golli pas uzatdi.
Subimendi 2025 yil iyul oyidan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 65 million evroni tashkil etadi.



