

"Takvim" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, federatsiya rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan jamoaning sentyabr oyida boshlanadigan Millatlar ligasiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha keyingi rejasini muhokama qilib bo'lgan. Tomonlar murabbiylar shtabining bir qismini yangilash zarurligi borasida yagona fikrga kelishdi.
Xususan, murabbiylar jamoasiga ish jarayonida ko'maklashadigan mutaxassis-mentorni taklif etish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar tarkibida ham o'zgarishlar bo'lishi istisno etilmagan.
Bundan tashqari, Montella jamoaning o'yin modeliga ham tuzatishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Tarkibni tanlashda eng yaxshi sport formasidagi futbolchilarga urg'u byergan holda, yanada moslashuvchan yondashuv qo'llanilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, taktik sxemani qayta ko'rib chiqish, jumladan, nominal markaziy hujumchisiz o'ynashdan voz kechish masalasi ham muhokama qilinmoqda - tyerma jamoa klassik forvard uslubiga qaytishi yoki hujum tuzilmasini moslashtirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiya tyerma jamoasi o'z guruhida to'rtinchi o'rinni egallab, jahon chempionatini guruh bosqichidayoq tark etgan edi.



