

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, terma jamoamiz ustozi Fabio Kannavaro terma jamoa bilan Toshkentga kelmaydi. U AQSHdan o'z yurtiga jo'nab ketadi.
"2 oy davomida terma jamoa bilan birga bo'ldik, hozir barchamizga biroz hordiq kerak. Nyu-Yorkdan Italiyaga uchib ketaman va siz bilan sentyabr oyida ko'rishamiz", - dedi Fabio Kannavaro Championat.asia sayti xodimlari bilan suhbatda.



