Yaponiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Braziliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi

29 iyun 2026, 17:15
Yaponiya terma jamoasi va Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalidan o'rin olgan Braziliya terma jamoasiga qarshi bo'lajak o'yinda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar bermoqda ESPN.

Futbolchi guruh bosqichi doirasidagi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Ayni paytda Kubo hanuzgacha individual dastur asosida mashg'ulot olib bormoqda va hozircha hatto to'p bilan ishlashni ham boshlamagan.

Yakunlangan mavsumda Takefusa Kubo barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

gettyimages-2281085895-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN