

"Abdulla Abdullaev bilan o'zi shartnoma yilning oxirigacha edi. Jarohatini bilgan holda 5 oyga tuzgandik. Shartnoma imzolaganimizdan so'ng bizda chempionat boshlanishiga 1 oy vaq bor edi, shu vaqt ichida u jarohatdan qutiladi deb umid qilgandik.
Va albatta o'sha bir oy o'tdi, davolandi, yakka tartibda ozgina shug'ullanishni boshladi. Lekin qayta MRTdan so'ng, jarohat hali bitishiga ancha vaqt bor ekanligi ma'lum bo'ldi. Uning jarohatdan tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini ham aniq bilmaymiz. Agar biz Abdullaev bilan 1,5-2 yillik shartnoma bo'lganda buni tushunsa bo'lardi, uni olib qolgan bo'lardik. Biroq biz kelishuv bo'yicha yarim yillik shartnoma imzolagandik".



