

"Bu menga bog'liq emas. Ertaga nima bo'lishini bilmayman. Men bu haqida ko'p gapirdim. Yigitlar 6 oydan beri pul olishmayapti. Lekin bu haqda boshqa gapirishni xohlamayman, chunki doim bir xil narsani gapirayotgandek tuyulyapti. Hammasini barcha biladi, barcha ko'rib turibdi. Xohlashsa yordam berishadi, xohlashmasa... Bu kimga bog'liqligini ham bilmayman. Menda ham oilasi bor insonlar, xorijlik mutaxassislar bor. Ular shunchaki nomus va professionalizm uchun yordam berishyapti. Bu yana qancha davom etishini bilmayman. Shunchaki ular bir kuni narsalarini yig'ishtirib, kyetib qolishlaridan xavotirdaman, xolos. Bugun maydonga tushgan, asosiy tarkibda va zaxiradan qo'shilib, Oliy ligada o'ynay olishlarini ko'rsatgan yosh futbolchilarni tabriklayman. Ular bilan ishlashda va qo'limizdan kelgancha harakat qilishda davom etamiz".



