

"Liverpul", "Arsenal" va "Tottenxem" Italiya terma jamoasi hamda "Brentford"ning o'ng qanot himoyachisi Maykl Kayodega qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar 22 yoshli futbolchini ushbu poziciyani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar ro'yxatiga kiritgan. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, ayni paytda "asalarilar" Kayodening transferi bo'yicha rasmiy taklif olishmagan, to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar hali boshlanmagan. "Brentford" italiyalik himoyachini qishda sotishga oshiqmayapti. Klub futbolchining o'tishi uchun kamida 60-65 million evro talab qilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Kayode barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.



