

Hujumchi yangi klubida 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o'ynaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, kelishuvda sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.
27 yoshli futbolchini ijaraga olish to'g'risidagi qaror "Al Hilol" direktorlar kengashi tomonidan maqullandi. Nunes uchun bu o'tish Ar-Riyod jamoasi tarkibidagi murakkab davrdan so'ng ko'proq o'yin vaqti olish imkoniyati bo'lishi kerak.
Urugvaylik futbolchi 2025 yilning yozida "Liverpul"dan "Al Hilol"ga o'tgan. Futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



