"Liverpul" "Portu" hujumchisini 100 mln evroga sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 14:32
"Liverpul" "Portu" klubining qanot hujumchisi Villiam Gomesga qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar Bredli Barkolaning jamoaga kelganiga qaramay, 20 yoshli futbolchini Mohamed Salohga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar beradi.

Manba berayotgan xabarga ko'ra, Gomes shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgach, uning tovon puli 80 mln evrodan 100 mln evroga ko'tarilgan. Shunga qaramay, "Liverpul" braziliyalik futbolchini potencial transfer nishoni sifatida ko'rib chiqishda davom etmoqda.

Joriy mavsumda Gomes barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola