

"Bazida o'yinlarga ketayotganimda familiyam yozilgan futbolkalarni kiygan muxlislarni ko'raman. Ular uchun namuna bo'layotganimdan xursandman.
Bu yerda imkon qadar uzoq qolib, jamoaga ko'proq g'alabalar qozonishida yordam berishni xohlayman. Biz bunga qodir ekanimizni bilaman. Buni amalda ko'rsatishimiz kerak. Bazida so'zlar baland yangraydi, ammo harakat ham qilish zarur.
Virjil van Deyk yaqinda Soboslaining liderlik sifatlarini yuqori baholagan edi. Vengriyalik futbolchi bu haqda: "Bunday so'zlarni undan eshitish - butunlay boshqacha. Bu haqda o'zim gapirishim shart emas", - dedi futbolchi.
Soboslaidan "Liverpul" kapitani bo'lishni xohlaysizmi, deb so'ralganda esa u aniq javob berdi:
"Albatta. Menimcha, “Liverpul” kapitani bo'lishdan sharafliroq narsa yo'q. Bu vazifani mamnuniyat bilan qabul qilardim".



