Ronaldu "Al Nassr" chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan o'yin oldidan post qoldirdi

21 may 2026, 07:50
"Al Nacsr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining so'nggi turi, jamoa chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin bo'lgan o'yin oldidan ijtimoiy tarmoqqa post joylashtirdi.

Mavsumning so'nggi bahsida "Al Nacsr" "Damak" jamoasi bilan to'qnash keladi. O'yin 21 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

"Yana bitta o'yin!", - deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy sahifasida.

Hozirda "Al Nacsr" 83 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda esa 81 ochko jamg'argan "Al Hilol" bor.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 36 ta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 28 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com