"Milan" PSJga rasmiy taklif yubordi

26 iyun 2026, 01:11
"Milan" PSJ hujumchisi Gonsalu Ramush transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.

Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, "rossoneri" Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli forvardi va uning agenti Jorje Mendesh bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ramushga yana bir qator klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Liga 1'ning o'tgan 2025/26 yilgi mavsumida Gonsalu Ramush 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano