

JCH, 1/16 final
Braziliya - Yaponiya 0:1
Gollar: 29 - Kaisyu Sano
Braziliya: 1. Alison Beker, 13. Danilo, 4. Markinos, 3. Gabriel Magalyayns, 16. Duglas Santos, 5. Kazemiro, 8. Bruno Gimarayns, 20. Lukas Paketa, 7. Vinisius Junior, 26. Rayan, 9. Mateus Kunya.
Zaxira: 12. Veverton, 23. Ederson, 6. Aleks Sandro, 14. Bremer, 15. Leo Pereyra, 24. Rojer Ibanes, 2. Ederson, 17. Fabino, 18. Danilo, 10. Neymar, 19. Endrik, 21. Luis Enrike, 22. Gabriel Martinelli, 25. Igor Tyago.
Yaponiya: 1. Zion Suzuki, 22. Takexiro Tomiyasu, 21. Xiroki Ito, 3. Syogo Taniguti, 15. Daiti Kamada, 24. Kaishu Sano, 13. Keito Nakamura, 10. Ricu Doan, 11. Dayzen Maeda, 18. Ayase Ueda, 14. Zyunya Ito.
Zaxira: 12. Keisuke Osako, 23. Tomoki Xayakava, 2. Yukinari Sugavara, 4. Ko Itakura, 5. Yuto Nagatomo, 16. Cuyosi Vatanabe, 25. Zyunnosuke Suzuki, 20. Ayumu Seko, 7. Ao Tanaka, 8. Takefusa Kubo, 17. Yuito Suzuki, 6. Suto Matino, 9. Keisuke Goto, 19. Koki Ogava, 26. Kento Siogai.
Ogohlantirishlar: 12 - Kaishu Sano, 14 - Kazemiro, 45 - Daiti Kamada
🕘 45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
38. Kunyaning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni yaponiyalik posbon ushlab oldi.
34. Vinisiusning darvoza tomon tepgan to'pini Suzuki ushlab oldi.
33. Markinosning bosh bilan bergan zarbasi aniq ham, xavfli ham bo'lmadi.
30. Uchrashuvda hisob ochildi, endi buyog'iga Braziliya katta tempda oldinga o'tadi.

⚽️ 29. GOL! Kaishu Sano hisobni ochdi! Sano markazdan oldinga yurish qilib darvoza tomon erlatib zarba berdi va gol urdi!
28. Uedaning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
16. Kamadaning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi “jonli devor”ga tegib, maydonni tark etdi.
14. Brunoning zarbasi noaniq ketdi.
14. Kunyaning erlatib bergan zarbasini Suzuki qaytarib yubordi.
10. Bruno tepgan to'p Paketaning boshiga tegdi va shu joyda Lukas erga quladi.
2. Bruno Gimaraynsning zarbasi rekoshetga uchrab, darvozagacha bormadi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasida Braziliya - Yaponiya uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



