

Bunday qarorga terma jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqishini e'lon qilgan mutaxassis Xon Myon Boga o'lim bilan tahdid qilinayotgani sabab bo'lgan.
Shuningdek, maxsus qo'riqlash xizmatining 25 nafar xodimi ham bu jarayonga jalb etiladi.
"Biz jamoa yetib kelishi vaqtida yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun xodimlarni safarbar qilishga qaror qildik. Har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga, jumladan buyumlar uloqtirishga nisbatan ham qatiy chora ko'ramiz", - deyiladi policiya bayonotida.
Janubiy Koreya jamoasi JCH-2026 turnirida Meksika, JAR va Chexiya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmay, uchinchi o'rinni egallagan edi.



