

"O'tgan yilning kuzida sobiq bosh murabbiyimiz mavsum yakunlanganidan keyin unda Pep Gvardiolaning o'rnini egallash imkoniyati paydo bo'lishi mumkinligini klubga ma'lum qilgan edi. Bizga shu narsa ayon bo'ldiki, u Gvardiolaning o'rnini egallashni juda ham xohlagan va amalda uzaytirish huquqiga ega bo'lmagan uzoq muddatli shartnomasi borligiga qaramay, ushbu imkoniyatdan foydalanishga to'liq tayyor edi.
2025 yilning dekabr oyida bosh murabbiyimiz kutilmaganda va to'satdan iste'foga chiqish haqida ariza berdi. Albatta, biz bundan hafsalamiz pir bo'ldi, chunki u "Chelsi"ga atigi bir yil oldin kelgan bo'lishiga qaramay, uning fikr-xayollari va tuyg'ulari boshqa klub hamda boshqa imkoniyatga qaratilgan deb hisobladik.
Hech qaysi klub mavsum o'rtasida bosh murabbiyni o'zgartirishni istamaydi. Biroq, uning mavsum yakuniga qadar o'z vazifalarini bajarishni davom ettirmaslik haqidagi qarorini inobatga olgan holda, klubning o'z futbolchilarimiz, muxlislarimiz va logotipimizni himoya qilish hamda uning iste'fosini qabul qilishdan o'zga chorasi qolmadi.
Yuzaga kelgan vaziyatda va klublar o'rtasidagi o'zaro hurmatni hisobga olgan holda, "Manchester Siti" bilan tovon puli to'lanishini o'z ichiga olgan maxfiy kelishuvga erishildi. Shuningdek, sobiq bosh murabbiy bilan ham maxfiy kelishuvga erishildi, unga ko'ra u ham tovon puli to'laydi", - deyiladi "ko'klar" matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.



