JCH guruh bosqichida 4-o'rinni egallagan terma jamoa ustozi ishdan ketdi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2026, 22:55
Chexiya futbol assotsiatsiyasi (FAČR) o'z rasmiy saytida Miroslav Koubekning mahalliy milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilganini e'lon qildi.

"Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, bosh murabbiy sifatida men ham javobgarman. Barcha holatlarni ko'rib chiqib, FAČR prezidenti David Trundga iste'foga chiqishimni taklif qilishga qaror qildim. O'zaro muhokama va maslahatlashuvlardan so'ng prezident taklifimni qabul qildi. Natijada, milliy jamoadagi faoliyatim yakunlandi.

Bu qarorga kelishimga menga qarshi to'qima gaplar asosida olib borilgan mediakampaniya ham sabab bo'ldi. Bunday muhitda Chexiya milliy terma jamoasidagi ishim hech qanday mano kasb etmasdi.

Rais David Trund va FAČR ijroiya qo'mitasiga menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, hamkorlik uchun Pavel Nedvedga, loyihani amalga oshirishdagi jamoa a'zolariga, Chexiya futbol assotsiatsiyasi xodimlariga va eng avvalo, futbolchilarga katta rahmat aytaman. Chexiya terma jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf edi.

Jahon chempionatida orttirilgan tajribadan so'ng, milliy jamoa bilan ishni davom ettirish bo'yicha bor bo'lgan aniq rejalarimni amalga oshira olmayotganimdan afsusdaman.

Muxlislarga ham katta rahmat aytmoqchiman. Saralash bosqichi davomida va Jahon chempionatining o'zida ularning qo'llab-quvvatlashi aqlbovar qilmas darajada edi, men buni hech qachon unutmayman.

Chexiya milliy terma jamoasiga va mening vorisimga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman. Har bir chexiyalik futbol muxlisi kabi men ham ular uchun muxlislik qilaman", - deya Koubekning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Chexiya terma jamoasi matbuot xizmati.

Chexiya terma jamoasi "A" guruhida uchta o'yindan so'ng bitta ochko jamg'arib, 2:6 to'plar nisbati bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.

503894.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: nv.fotbal.cz/