

JCH, 1/16 final
AQSH – Bosniya va Gertsegovina 2:0
Gollar: 45 - Folarin Balogun, 82 - Malik Tillman
AQSH: 24. Mett Friz, 16. Aleks Frimen, 3. Kris Richards, 13. Tim Rim, 2. Serjino Dest (14. Sebastyan Berxalter, 87’), 5. Entoni Robinson, 4. Tayler Adams, 17. Malik Tillman, 8. Ueston Makkenni (7. Jovanni Reyna, 90+5’), 10. Kristian Pulishich (9. Rikardo Pepi, 88’), 20. Folarin Balogun.
Zaxira: 1. Mett Tyorner, 25. Kris Breydi, 6. Oston Trasti, 12. Maylz Robinson, 23. Jozef Skalli, 11. Brenden Aaronson, 21. Timoti Vea, 18. Maks Arfsten, 19. Xaji Rayt, 26. Aleks Sendexas.
Bosniya va Gertsegovina: 1. Nikola Vasil, 7. Amar Dedich, 18. Nikola Katich (15. Amar Memich, 75’), 4. Tarik Muxaremovich, 5. Sead Kolashinac (23. Xaris Tabakovich, 75’), 21. Stepan Radelich, 19. Kerim-Sem Alaybegovich, 8. Armin Gigovich (20. Esmir Bayraktarevich, 51’), 14. Ivan Shunich (6. Benyamin Taxirovich, 51’), 10. Ermedin Demirovich, 11. Edin Jeko (26. Ermin Maxmich, 51’).
Zaxira: 12. Mladen Yurkas, 22. Martin Zlomislich, 2. Nixad Muyakich, 3. Dennis Xajikadunich, 24. Aryan Malich, 13. Ivan Bashich, 16. Amir Xajiaxmetovich, 17. Jenis Burnich, 9. Samed Bajdar, 25. Yovo Lukich.
Ogohlantirishlar: 80 - Stepan Radelich
Chetlatish: 64 - Folarin Balogun
90+10. O'yin yakunlandi, AQSH - nimchorak finalda!
90+9. Yana bir zarba Maxmichdan va bu safar ham aniq bo'lmadi.
90+8. Maxmichning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
90+2. Alaybegovichning zarbasi kuchli chiqdi, biroq noaniq.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qo'shib berildi.
83. Xo'sh, ikki to'p farqi bilan oldinda AQSH, biroq maydonda 10 kishi. Bosniya endi nima qiladi? Kuzatamiz.

82. GOL! Tillman hisobni ikkitaga oshirdi! Malikning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi!
79. Pulishich gol urdi, biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.
77. Bosniyalik futbolchilar tomonidan berilayotgan zarbalarni AQSH himoyachilari yaxshi “bloklashmoqda”.
75. Bosniya barcha o'zgarishni qilib bo'ldi, biroq Pochetino hozircha birorta o'zgarish imkoniyatidan foydalanmadi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
68. Navbatdagi zarba Bayraktarevich ijrosida bo'ldi bu va buni ham Friz ushlab oldi.
66. Demirovichning zarbasini AQSH posboni ushlab oldi.
🟥 64. Qizil kartochka! Gol muallifi Balogun o'yindan chetlatildi!
63.Holat VARda ehtimoliy qizil kartochka bilan ko'rib chiqilmoqda.

62. Folarin Balogun raqibga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Holat VARda ehtimoliy qizil kartochka bilan ko'rib chiqilmoqda.
56. Katichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi juda noaniq bo'ldi.
🔄 51. Bosniya bo'limning oltinchi daqiqasida biryo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi.
50. Edin Jeko jarohat oldi, shu bois zaxiraga olinmoqda.
🕘 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+11. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+8. Balogun ikkinchi golga juda yaqin keldi, ammo uning zarbasi to'singa tegdi.

⚽️ 45. GOL! Folarin Balogun jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
42. Folarin jarima zarbasidan keyingi vaziyatda zarba berdi, ammo to'p darvoza yonidan chiqib ketdi.
38. Balogun jarima maydonchasi ichida xavfli uzatma berdi, himoyachi oxirgi pallada to'pni qaytardi.
31. Balogun gol urdi, ammo ofsayd sababli gol bekor qilindi.
29. Balogun jarima maydonchasida yiqildi. Hakam penalti belgilamadi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
18. Robinson bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
15. Folarin Balogun o'ng burchakni nishonlab zarba berdi, ammo aniqlik yetishmadi.
10. Demirovich jarima maydonchasi chizig'idan zarba berdi, ammo to'p darvozabon Mettyu Frizning qo'liga bordi.
4. Pulishichning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. AQSH burchak to'pini ishlab oldi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasidagi AQSH – Bosniya va Gertsegovina uchrashuvining matnli translyatsiyani kuzatib borishga taklif etamiz!



