“Mundial Allplay bilan”. Favoritlarga oson bo'lmayotgan bosqich - 1/16 finalda yana qanday o'yinlar bo'ladi? (2-qism)

1 iyul 2026, 23:36
Championat.asia pley-offning keyingi sakkizta uchrashuvi prevyusini e'tiboringizga havola etadi.

Belgiya - Senegal (2 iyul, 01:00)

Pley-offning eng qiziq juftliklaridan biri aynan shu bo'lsa ajab emas. Belgiya guruh bosqichini mag'lubiyatsiz o'tkazdi, ammo raqiblarini osonlikcha engib tashlagan jamoa ham bo'lmadi. 

Senegal esa butunlay boshqa uslubda harakat qildi. Afrikaliklar uchrashuvlarda 8 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq o'zlari ham 6 ta gol o'tkazib yubordi. Fransiya bilan bir guruhda kurash olib borgan senegalliklar oxir-oqibat eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblari qatorida pley-offga chiqishdi.

gettyimages-2281764609-2048x2048.jpg

Qizig'i, bu juftlikda bir tomonda muvozanatli o'yin ko'rsatayotgan Belgiya bo'lsa, ikkinchi tomonda ochiq futbolni xush ko'radigan Senegal turibdi. G'olib keyingi bosqichda AQSH yoki Bosniya va Gertsegovina bilan o'ynaydi va chorak finalga yo'l olish imkoniyati ham yomon emas.

AQSH - Bosniya va Gertsegovina (2 iyul, 05:00)

Mezbon AQSH o'z muxlislari qarshisida hozircha kutilgan natijani bermoqda. Amerikaliklar D guruhida 6 ochko bilan birinchi o'rinni egallab, 8 ta gol urdi. Hujum chizig'i deyarli har bir o'yinda o'z so'zini aytdi.

Bosniya va Gertsegovina esa guruhdan chiqish uchun oxirgi turgacha kurashdi. 4 ochko va 5 ta urilgan gol bu jamoaning hujum salohiyatini ko'rsatib turibdi. Ular pley-offga katta qiyinchilik bilan chiqqan bo'lsa-da, aynan shunday jamoalar ko'pincha sensatsiya qilishga qodir bo'ladi.

gettyimages-2281309057-2048x2048.jpg

Mezbonlik bosimi AQSH elkasida bo'ladi. Bosniyada esa yo'qotadigan deyarli hech narsa yo'q. Shu bois bu o'yin kutilgandan ham murosasiz kechishi mumkin.

Ispaniya - Avstriya (3 iyul, 00:00)

Guruh bosqichidan keyin himoyasi eng ko'p maqtovga loyiq jamoalardan biri - Ispaniya. Uchta o'yin, etti ochko va birorta gol o'tkazilmadi. Ispanlar haligacha raqiblariga deyarli imkoniyat qoldirmayapti.

Avstriya esa butunlay boshqa manzarani namoyish qildi. Argentina bilan bir guruhda 4 ochko to'plagan avstriyaliklar 6 ta gol urdi va xuddi shuncha gol o'tkazdi.

gettyimages-2282633260-2048x2048.jpg

Qog'ozda Ispaniya favorit, ammo Avstriya qarshi hujumlarda xavfli jamoalardan biri. Bu bahs g'olibini keyingi bosqichda Portugaliya yoki Xorvatiya kutib turibdi.

Portugaliya - Xorvatiya (3 iyul, 04:00)

Bu juftlikda favoritni aniqlash oson emas. Har ikki jamoa ham hal qiluvchi o'yinlarda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Portugaliya markazdagi ajoyib futbolchilar va individual mahoratga tayansa, Xorvatiya yillar davomida yig'ilgan tajribasi bilan ajralib turadi.

Xorvatlar L guruhida Angliyadan keyin ikkinchi o'rinni oldi. Ikki g'alaba qozongan jamoa 5 ta gol urdi, ammo himoyada ham 5 marta xatoga yo'l qo'ydi. Portugaliya esa guruh bosqichida o'z imkoniyatlarini deyarli to'liq ishga solib, pley-offga ishonchli tarzda yetib keldi.

503931.jpg

Bu o'yinda birgina epizod hammasini hal qilishi mumkin. G'olib keyingi bosqichda ehtimol Ispaniyaga qarshi maydonga tushishi mumkinligi esa bu bahsning ahamiyatini yanada oshiradi.

Shveytsariya - Jazoir (3 iyul, 08:00)

Shveytsariya ko'p shov-shuv qilmagan bo'lsa-da, guruh bosqichini juda ishonchli o'tkazdi. 7 ochko, 7 ta urilgan va 3 ta o'tkazilgan gol - bu jamoa ham hujumda, ham himoyada muvozanatni topganini ko'rsatadi.

Jazoir esa Argentina ishtirok etgan qiyin guruhda kurashdi va pley-offga chiqish uchun oxirigacha jang qildi. 5 ta urilgan gol jamoaning hujumda xavfli ekanini ko'rsatsa, 7 ta o'tkazilgan to'p himoyada hali echimini kutayotgan muammolar borligini anglatadi.

gettyimages-2283171246-2048x2048.jpg

Shveytsariya favorit bo'lib ko'rinmoqda. Biroq pley-offda statistika emas, bitta o'yin hal qiladi. G'olib chorak final yo'lida Kolumbiya yoki Gana bilan bahs olib boradi.

Avstraliya - Misr (3 iyul, 23:00)

Bu juftlik pley-offning eng ehtiyotkor o'yinlaridan biri bo'lishi mumkin. Avstraliya guruh bosqichida atigi 2 ta gol urdi va 2 ta gol o'tkazdi. Ular har bir ochko uchun kurashdi va himoyaga katta e'tibor qaratdi.

Misr esa aksincha, hujumda ancha faol harakat qildi. Afrikaliklar 5 ochko to'pladi, 5 ta gol urdi va guruhni mag'lubiyatsiz yakunladi. Bu esa ularning psixologik holati yaxshi ekanini anglatadi.

gettyimages-2282689638-2048x2048.jpg

Ikki jamoa ham haddan tashqari tavakkal qilishni istamasa kerak. Shu bois o'yin taqdirini bitta gol yoki hatto penaltilar seriyasi hal qilishi ehtimoli yuqori.

Argentina - Kabo-Verde (4 iyul, 03:00)

Qog'ozda pley-offning eng noteng juftliklaridan biri. Argentina guruh bosqichida maksimal natija qayd etdi: 3 o'yin, 3 g'alaba, 9 ochko va 8:1 to'plar nisbati. Jamoa hozircha chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri ekanini amalda ham isbotlab kelmoqda.

Kabo-Verde esa turnirning eng yoqimli syurprizlaridan biriga aylandi. Ispaniya ishtirok etgan guruhda birorta ham mag'lub bo'lmagan afrikaliklar uchta durang orqali pley-offga chiqishdi. Ular ko'p gol urmagan bo'lsa-da, tartibli himoyasi bilan ko'pchilikni hayratda qoldirdi.

gettyimages-2281966529-2048x2048.jpg

Albatta, favorit Argentina. Ammo Kabo-Verde uchun bu tarixiy imkoniyat. Agar sensatsiya yuz bersa, bu turnirning eng katta voqealaridan biri bo'ladi. G'olibni keyingi bosqichda Avstraliya yoki Misr kutib turibdi.

Kolumbiya - Gana (4 iyul, 06:30)

Qog'ozda bu juftlikda ustunlik Kolumbiya tomonida. Janubiy amerikaliklar guruh bosqichida barqaror futbol namoyish qildi va pley-offga munosib tarzda yetib keldi. Bu jamoa texnik futbol va tezkor hujumlari bilan xavfli.

Gana esa Angliya va Xorvatiya qatnashgan murakkab guruhdan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Afrikaliklar ko'p gol urmagan bo'lsa-da, intizomli o'yin orqali kerakli natijani qo'lga kiritdi. Pley-offda esa bunday jamoalarni mensimaslik juda xavfli.

503264.jpg

Bu juftlik g'olibi keyingi bosqichda Shveytsariya yoki Jazoir bilan to'qnash keladi. Shu bois har ikki jamoa ham bu o'yinni chorak finalga ochiladigan eshik sifatida ko'rayotgani shubhasiz.

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia