AQSH Turkiyaga mag'lub bo'ldi, Paragvay Avstraliya bilan durang o'ynadi. Paragvay va Avstraliya hisobida 4 tadan ochko

26 iyun 2026, 08:55
"D" guruhi yakunlandi. Guruhning so'nggi ikki uchrashuvi durang bilan yakunlandi.

AQSH va Turkiya o'rtasidagi bahs 2:3 hisobida yakunlangan bo'lsa, Paragvay va Avstraliya 0:0 hisobidagi durang natijasini qayd etishdi. Shu tariqa, AQSH guruhda 6 ochko bilan 1-o'rinni egalladi. Avstraliya esa 4 ochko bilan 2-bo'ldi. Paragvayning hisobida ham 4 ta ochko bor va ular 3-o'rin bilan pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi. Turnir avvalida guruh favoriti deb hisoblangan Turkiya esa 3 ochko bilan oxirgi o'rinni oldi.

Paragvay - Avstraliya 0:0

7:00 | "Levi's Stadium"

Paragvay: Orlando Gill, Kaseres, Gustavo Velaskes, Gomes, Omar Alderete, Maydana, Diego Gomes, Andres Kubas, Matias Galarsa, Xulio Ensiso, Gabriel Avalos.

Avstraliya: Patrik Bich, Lukas Xerrington, Xarri Sauttar, Alessandro Chirkati, Jordan Bos, Jekson Irvayn, Ayden O'Nill, Aziz Bexich, Kristian Volpato, Konnor Metkalf, Nestori Irankunda.

Turkiya - AQSH 3:2

7:00 | "SoFi Stadium"

Turkiya: Ugurjan Chakir, Zeki Chelik, Ozan Kabak, Abdulkerim Bardakji, Eren Elmali, Salix Ozjan, Orkun Kokchu, Og'uz Aydin, Arda Gyuler, Kenan Yildiz, Barish Alper Yilmaz.

AQSH: Mett Tyorner, Marlon Makkenzi, Maylz Robinson, Oston Trasti, Jo Skalli, Ueston Makkenni, Sebastyan Berhalter, Brenden Aaronson, Jio Reyna, Timoti Vea, Rikardo Pepi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia