"Real" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2026, 02:43
"Man Siti" Kamavingani "Real"dan sotib olishi mumkin.

"Manchester Siti" va "Real" Eduardo Kamavinganing transferini muhokama qilmoqda.

Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi "shaharliklar"ga 23 yoshli yarim himoyachini sotib olishni taklif qilgan. Inglizlar futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatini o'rganmoqda.

Takidlanishicha, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Kamavinganing sotilishiga qarshi emas. U "Real" boshqa bir yarim himoyachi, shuningdek, markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashini istamoqda. Eduardoning so'nggi mavsumlardagi o'yini portugaliyalik mutaxassisni ishontira olmadi.

O'tgan mavsumda Kamavinga La Ligada 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca