

Nemis jamoasi rasmiy saytining xabar berishicha, futbolchi bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
"Bavariya"da Saybari 34-raqam ostida to'p suradi.
Bu yoz yarim himoyachi Marokash terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U turnir doirasidagi to'rtta o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. S guruhida marokashliklar etti ochko jamg'arib, ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi. 1/16 final bosqichida afrikaliklar Niderlandiya terma jamoasidan ustun kelishdi (1:1, penaltilar seriyasida 3:2). 1/8 finalda Marokash Kanada bilan kuch sinashadi.



