

JCH, L guruhi, 1-tur
Angliya - Xorvatiya 3:2
Gollar: 12 - Xarri Keyn, 36 - Martin Baturina, 42 - Xarri Keyn, 45+5 - Petar Musa, 47 - Jud Bellingem
Angliya: 1. Jordan Pikford, 24. Ris Jeyms, 5. Jon Stounz, 2. Ezri Konsa, 3. Niko O'Rayli, 8. Elliot Anderson, 4. Deklan Rays (17. Morgan Rojers, 72’), 10. Jud Bellingem, 20. Chukvunonso Madueke (7. Bukayo Saka, 72’), 18. Entoni Gordon (11. Markus Rashford, 72’), 9. Xarri Keyn.
Zaxira: 13. Din Xenderson, 23. Jeyms Trafford, 6. Mark-Izrael Gexi, 15. Daniel Byorn, 25. Jed-Xotep Spens, 26. Jarell Kuansa, 14. Jordan Xenderson, 16. Kobbi Maynu, 21. Eberechi Eze, 19. Olli Uotkins, 22. Ayvan Toni.
Xorvatiya: 1. Dominik Livakovich, 6. Yosip Shutalo, 22. Luka Vushkovich (24. Marko Pashalich, 66’), 4. Yoshko Gvardiol, 2. Yosip Stanishich, 10. Luka Modrich (8. Mateo Kovachich, 58’), 14. Ivan Perishich, 17. Petar Suchich, 16. Martin Baturina, 15. Mario Pashalich, 26. Petar Musa (20. Igor Matanovich, 66’).
Zaxira: 12. Ivor Pandur, 23. Dominik Kotarski, 3. Marin Pongrachich, 5. Due Chaleta-Car, 25. Martin Erlich, 18. Kristiyan Yakich, 7. Nikola Moro, 13. Nikola Vlashich, 19. Toni Fruk, 21. Luka Suchich, 9. Andrey Kramarich, 11. Ante Budimir.
75. Rashford sal qolsa raqib xatosidan unumli foydalanib, gol urishi mumkin edi.
🔄 72. Angliya bir vaqtning o'zida biryo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
68. Angliya hujumga o'tmoqda, o'yin anchagina qizib boryapti.
55. Yana inglizlar hisobda oldinga o'tib olishdi, temp yuqori anchagina.

⚽️ 47. GOL! Belinggem hisobni oshirdi!
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi!
🕘 45+6. Xuddi shu tempda birinchi bo'lim yakunlandi.

⚽️ 45+5. GOL! Petar Musa hisobni tenglashtirdi! Hujumchi o'ziga kelib tushgan to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi!
45+4. Pashalichning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
45+1. Jeymsning jarima zarbasidan tepgan to'pi darvozagacha bormadi.
45. Dastlabki bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
43. Birinchi bo'lim anchagina qiziqalri tus oldi, uchta gol ko'rdik, mazmunli o'yin.

⚽️ 42. GOL! Keyndan dubl! Burchakdan uzatilgan to'pni Xarri darvozaga yo'lladi va bu golga aylandi!
41. Angliya yana tashabbusni o'ziga olmoqda.
37. Buyog'iga angliyaliklar qanday reakciya ko'rsatishadi, kuzatamiz!

⚽️ 36. GOL! Baturina hisobni tenglashtirdi! Martin jarima maydonchasi tashqarisida o'ziga kelib tushgan to'pga zarba berdi va gol urdi!
31. Maduekening uzatmasiga Jud zarba berolmay qoldi…
30. To'p nazorati bo'yicha ustunlik xorvatiyaliklarga o'tdi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
21. Bellingem katta tezlikda oldinga yurish qilib, bir necha futbolchidan o'tgandi, ammo yakunda to'pni raqiblariga oldirib qo'ydi.
16. Madueke o'ngdan jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, biroq o'xshamadi.
13. Tezkor gol ko'rdik, desak ham bo'ladi. Buyog'iga Xorvatiya nima qiladi, ko'ramiz.

⚽️ 12. GOL! Keyn penaltidan hisobni ochdi! Ikkinchi urinish muvaffaqiyatli bo'ldi!
11. Ha! Penalti qaytadan amalga oshiriladi!
11. Stop, holat VARda ko'rilmoqda. Livakovich to'pga chiqishda qoidani buzgan bo'lishi mumkin.
10. Livakovich!!! Keynning penaltidan bergan zarbasini Xorvatiya posboni qaytardi!
9. Penalti, Xorvatiya darvozasi tomon! Modrich Maduekega nisbatan qo'pollik ishlatdi.
8. Keynning zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
3. Burchakdan uzatilgan to'pni Shutalo darvozaga yo'lladi, biroq noaniq ketdi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni L guruhi 1-turidan o'rin olgan Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



