Messining otasi betob, uning ahvoli shu hafta yomonlashdi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2026, 00:09
Messi otasining sog'lig'ida jiddiy muammolar bor.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining otasining sog'lig'ida muammolar yuzaga keldi. "Vía País" nashrining jurnalist Eduardo Faynmannga tayanib xabar berishicha, Xorxe Messi jiddiy sog'liq muammolarini boshdan kechirmoqda, uning ahvoli shu hafta yomonlashgan. Takidlanishicha, aynan shu holat Messining JCH-2026 doirasidagi Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) kiritgan ilk golidan so'ng hissiyotlarga berilishiga sabab bo'lgan. Eslatib o'tamiz, 17-daqiqada Jazoirga qarshi o'yinda birinchi golni urganidan so'ng, Messi yig'lab yuborgan va ko'z yoshlarini futbolkasi bilan artgandi. O'yindan keyin argentinalik futbolchi shunday degandi: "Bu futbol bilan bog'liq emas. Men so'nggi bir necha kunni qiyinchilik bilan o'tkazdim".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vía País