JAR terma jamoasi yarim himoyachisi Zvane uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2026, 02:06
JAR terma jamoasi yarim himoyachisi Txemba Zvane 2026 yilgi Jahon chempionati "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Meksikaga qarshi o'yinda (0:2) chetlatilgani uchun uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bu haqda "Globo" xabar bermoqda.

Futbolchi uchrashuvning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan va 23 daqiqa o'tib, meksikalik yarim himoyachi Roberto Alvaradoga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgandi. Zvane raqibining yuziga qo'li bilan zarba bergan.

Shu tariqa, Txemba guruh bosqichi doirasida Chexiya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi, shuningdek, agar jamoasi keyingi bosqichga chiqsa, Janubiy Afrika terma jamoasining pley-offdagi ilk o'yinida ishtirok eta olmaydi. Ayni damda JAR terma jamoasi "A" guruhida ochkosiz, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo