

O'yin Arlington (Texas, AQSH) shahridagi "Ey-Ti-end-Ti" stadionida o'tkaziladi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari ma'lum bo'ldi:
Angliya: Pikford, Djeyms, Stounz, Konsa, O'Rayli, Anderson, Rays, Bellingem, Madueke, Gordon, Keyn.
Xorvatiya: Livakovich, Shutalo, Vushkovich, Gvardiol, Stanishich, Modrich, Kovachich, Perishich, Suchich, Baturina, Musa.
L guruhi 2-turida Angliya terma jamoasi Gana (23 iyun), 3-turda esa Panama (28 iyun) bilan to'qnash keladi. Xorvatiya 2-turda Panama (24 iyun), 3-turda esa Gana (28 iyun) bilan kuch sinashadi.



