

Argentina yarim finalda Angliya ustidan irodali g'alabaga (2:1) erishib, turnirning hal qiluvchi bahsida ishtirok etish huquqini kafolatladi.
"Bu jamoa birlikda har qanday narsaga qodir. Ushbu futbolchilar birgalikda… bu shunchaki o'zgacha bir kuch. Muxlislarga esa xuddi Qatardagidek gapni aytaman: "Zavq oling". Bu jamoa sizni hech qachon uyaltirib qo'ymaydi", - deya Messining so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltirdi.
JCH-2026 finalida Argentina Ispaniya bilan kuch sinashsa, Angliya bronza medallari uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.



