

"Har bir final o'ziga xosdir. Bu jahon birinchiligi finali va ularning har biri o'zgacha ahamiyatga ega. Bunday his-tuyg'ularni yana boshdan kechirish - aql bovar qilmas darajada ajoyib. Nazarimda, ushbu jamoaning qayd etgan natijasi haqiqiy telbalikdir: ketma-ket ikki marta jahon chempionati finaliga chiqish. Shaxsan o'zimga kelsak, uchta jahon chempionati finalida o'ynash juda kam sonli futbolchilarga nasib etgan. Ayniqsa, ushbu turnirning qanday o'tayotgani, bugungi o'yin mazmuni, raqibimizning kimligi va aynan kimni mag'lub eta olganimizni hisobga olsak. Bugun juda ajoyib voqealar yuz berdi.
O'yindan oldin bu shunchaki oddiy bahs ekanligini aytgan bo'lsak-da, madhiya yangrayotgan paytda butunlay boshqacha, o'ziga xos tuyg'ularni his qila boshladik. Shu bilan birga, bu baribir futbol uchrashuvi ekanligini ham unutganimiz yo'q. Oramizdan hech kim yutqazishni istamagandi, Argentina xalqi ham bu g'alabani juda-juda xohlayotgan edi - hech kim Angliyaga imkoniyatni boy berishni istamasdi. Biz ushbu uchrashuvga aynan shunday yondashdik. Xudoga shukur, o'z maqsadimizga erisha oldik, ularni turnirdan chiqarib yubordik va jahon chempionatining yana bir finaliga yo'l oldik. Bu barcha argentinaliklar uchun juda baxtli kun bo'ldi", - deya Messining so'zlarini keltiradi "Ole" nashri.



