Messi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyati 88 foizgacha ko'tarildi

16 iyul 2026, 08:55
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilishga 88% imkoniyatga ega.

Bu haqda Argentina terma jamoasi yarim finalda Angliyani mag'lub etib (2:1), finalga yo'l olganidan so'ng "Polymarket" sayti bergan baholash natijalari dalolat bermoqda.

Platforma ma'lumotlariga ko'ra, Messining ushbu turnirdagi asosiy yakka tartibdagi sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati o'yindan so'ng 76% ga oshgan. Ikkinchi o'rinda 9% ko'rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri bormoqda.

"Polymarket" talqiniga ko'ra JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar imkoniyati:

Lionel Messi (Argentina) - 88% (+76%).

Rodri (Ispaniya) - 9% (-2%).

Lamin Yamal (Ispaniya) - 2% (-16%).

Kilian Mbappe (Fransiya) - 1% (-13%).

Jud Bellingem (Angliya) - 1%.

Garri Keyn (Angliya) - 1% dan kam.

O'xshash yangiliklar


Manba: Polymarket